Dunyoda paxta instituti (AQSH, Memfis), Bremen paxta maktabi (Bremen, Germaniya), Gdinya paxta tolasini kalssifikatsiyalash maktabi), ICA xalqaro paxta assotsiatsiyasi (Liverpul, Buyuk Britaniya), Texas xalqaro paxta maktabi (Texas, AQSH) O‘zbekiston (Toshkent)da paxta klassifikatorlari tayyorlash o‘quv kurslari faoliyat yuritadi. Jumladan, KMO0301-sonli litsenziyasi asosida «O‘zagroinspeksiya» qoshidagi «Agrosanoat majmuasida xizmatlar ko‘rsatish markazi» davlat unitar korxonasida o‘quv kurslari tashkil etilgan.
O‘quv kurslari 1996 yilda O‘zbekiston “Sifat” markazi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, paxta tolasini klassifikatsiyalash yo‘nalishida nafaqat yurtimizga, balki MDH davlatlariga ham paxtani tasniflash bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlab bergan.
2019 yildan boshlab «Agrosanoat majmuasida xizmatlar ko‘rsatish markazi» DUKda paxta tolasini klassifikatsiyalash yo‘nalishi bilan birga tinglovchilarga paxta momig‘i, paxta chigiti, momiq paxtani va tekstil korxonalarida paxta tolasini yigirish sohalarida ham maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, o‘qish ishlarini amaliyot bilan integratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu kurslarda davlat standartlari asosida tola, chigit va paxta momig‘ini tasniflash bilan birgalikda xalqaro standartlar deb tan olingan AQSH Universal standartlari asosida paxta tolasini tasniflash asoslari o‘rgatiladi. O‘quvchilar paxta tolasini sifat ko‘rsatkichlarini zamonaviy HVI tizimlarida aniqlash, jahon paxta bozorida va xalqaro standartlarda qo‘llaniladigan atamalar, paxta marketingi asoslari hamda anʼanaviy usulda paxta sifatini aniqlash usullari bo‘yicha bilimlar beriladi.
O‘quv kurslarining asosiy maqsadi bozor tamoyillari joriy etilayotgan bir paytda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan paxta to‘qimachilik klasterlari, tekstil sanoati korxonalari uchun paxtani qabul qilish, saqlash, qayta ishlashda va paxtani qayta ishlash mahsulotlari savdosida mahsulotlar sifatini boshqarish, nazorat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
O‘quvlar rejaga asosan kurslarni 2022 yil davomida jami uch marta tashkil etish rejalashtirilgan va bitta guruhda 5 tadan 12 tagacha tinglovchi o‘qitiladi.
O‘quv kurslarida "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi "Agrosanoat majmuasida xizmatlarni ko‘rsatish markazi" DUK xodimlari, hududiy filiallar xodimlari, shuningdek to‘lov-shartnoma asosida boshqa tashkilot mutaxassislari hamda fuqarolar bilim olishlari mumkin.
Mashg‘ulotlar hafta davomida besh besh kun, kuniga 4 marta 120 daqiqadan, soha bo‘yicha ko‘p yillik tajriba va bilimga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Tinglovchilar markazning o‘quv materiallari va o‘quv jihozlaridan foydalanish imkoniyatiga ega va ularga kursni tamomlaganlik to‘g‘risida sertifikat beriladi
“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi «Agrosanoat majmuasida xizmatlar ko‘rsatish markazi» davlat unitar korxonasi o‘quv yili uchun «Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatsiyalash va marketing» i yo‘nalishida 2022 yil uchun o‘quv kurslari uchun tinglovchilar qabuli boshlanganini eʼlon qiladi:
1. 1 guruh — 21 fevraldan- 01 aprelgacha;
2. 2 guruh — 16 maydan- 24 iyungacha;
3. 3 guruh — 17 oktyabrdan-25 noyabrgacha.
Batafsil maʼlumotlar uchun : 90 371-88-98, mail: courses@agrohizmat.uz ga murojaat qilishingiz mumkin.