Ру Ўз O`z En

«O‘zagroinspeksiya»ning eng namunali tuman bo‘limi g‘oliblari aniqlandi

26 Avgust 2022 1544

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida “O‘zagroinspeksiaya"ning barcha tuman bo‘linmalari o‘rtasida joriy yilning 15- avgust kunidan 25 -avgust kuniga qadar “Eng namunali tuman bo‘limi” tanlovi tashkil etildi.

Tanlov siyosiy—huquqiy va tizimda mavjud 6 ta sohaga oid bilimdonlik bo‘yicha o‘tkazildi.

Musobaqada Inspeksiyaning tuman (shahar) bo‘linmalarida faoliyat yurituvchi jami 969 nafar xodimlari ishtirok etdi.

Tanlov yakunga ko‘ra, tuman bo‘limida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va shtat mavjud bo‘lmagan lavozimlar uchun olingan ballar inobatga olinmadi va natijalar tuman bo‘limida mavjud lavozimlar soniga bo‘lindi.

Bu yerda tanlov g‘oliblari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

G‘oliblar Mustaqillbik bayrami arafasida pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Text to speech