Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, maʼnaviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat xizmatchilarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparati xodimlari o‘rtasida "Jamoam- mening oilam" mavzusida jamoani manfaatli shakllantirishga mo‘ljallangan trening tashkil etildi.
Treningni "Human capitals" ijtimoiy psixologik markazi rahbari, psixolog Lola Hakimova olib bordi. Jamoa bo‘lib ishlash, liderlik kabi yo‘nalishlarda qisqa mashqlar amalga oshirildi.
Shuningdek, trening davomida xodimlar o‘z diqqat eʼtiborlarini muhim maʼlumotlarga nisbatan jamlash, bir-birlarini tushunish hamda eshitish ko‘nikmasi ham rivojlantirildi, eng asosiysi jamoada bir butun bo‘lib harakat qilsagina maqsadga oson yetishish mumkinligi amaliy mashg‘ulotlar yordamida tushuntirildi.
Kelgusida bunday treninglarni doimiy ravishda tashkil etish rejalashtirildi