Ру Ўз O`z En

Farg‘ona viloyat boshqarmasida yangi kutubxona ochildi

24 May 2024 1378

Inspeksiya xodimlari orasida badiiy kitoblarni o‘qish targ‘iboti orqali vatanparvarlik, adolatparvarlik, insoniylik va o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat xizmatchilari ongiga maʼrifiy va mafkuraviy tushunchalarni singdirib borish, ularda milliy va axloqiy, huquqiy tarbiyani, boy adabiy merosimizga bo‘lgan mehr hurmatni oshirish, qolaversa, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Inspeksiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Xodjimatov topshirig‘iga asosan Inspeksiyada mavjud kutubxonaga 300 dan ortiq badiiy, siyosiy, tarixiy kitoblar olib kelinib, namunali kutubxonaga aylantirish choralari ko‘rilmoqda. Pirovard natijada xodimlarning kitob o‘qib, o‘rganishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Kutubxona faoliyatini qayta ishga tushirish, yaqindagina Prezidentni rahbarligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha va Vazirlar Mahkamasining “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash milliy dasturini tiklash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash, milliy-qadriyat va anʼanalarimiz, urf odatlarimizni keng targ‘ib qilishni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida munosib qadam bo‘ldi-deb ayta olamiz

Text to speech