Ру Ўз O`z En

"Obod va fayzli mahalla- yurt ko‘rki"

16 Mart 2024 505

Respublikada “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish maqsadida «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq hayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan "O‘zagroinspeksiya va uning hududiy boshqarmalarida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Agroinspeksiya jamoasi tomonidan inspeksiya maʼmuriyati joylashgan bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi hamda dov-daraxtlarni butalash va bo‘yash ishlari amalga oshirildi.

Muxtasar aytganda, hashar yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo‘lish, uni yana-da obod etish ishtiyoqida yashash, shu bilan birga, xalqmiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va Navro‘z umumxalq bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech