Ру Ўз O`z En

AMUDARYO TUMANI: JORIY YIL HOSILI UCHUN SIFATLI ULUG‘LIK CHIGIT TAYYORLANISHI NAZORATDA

4 Mart 2024 1477

Maʼlumki, qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan hosilning sifati va salmog‘i, albatta yaxshi tanlangan urug‘lik mahsulotlariga bog‘liq. Yer, suv sharoiti yaxshi, tuproq unumdorligi qanchalik yuqori darajada bo‘lishidan qatʼiy nazar, yerga qadaladigan urug‘likning sifati talabga javob bermasa, bunday ulug‘likdan ungan hosil ham ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, rejalar barbod bo‘ladi. Shu bois, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yerni ekishga sifatli tayyorlashdan tashqari, sifatli ulug‘lik mahsulotlarini ertadan tayyorlab qo‘yishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Bu borada, AMUDARYO tumanida kelgusi yil hosilining barakali bo‘lishini taʼminlash maqsadida har yili bahorgi ekish mavsumida kelgusi yilgi dehqonchilik uchun zamin yaratiladi va sifatli urug‘lik tayyorlash choralari ko‘riladi.

2024-yil hosili uchun davlat standartlari talabiga javob beradigan sifatli ulug‘lik chigit tayyorlash ishlarining borishi Agroinspeksiyaning AMUDARYO tumani bo‘limi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

AMUDARYO tumanida urug‘lik uchun qabul qilingan paxta xom ashyosi va uni saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 2023-yil paxta hosilidan klaster korxonalari hamda elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan jami 2 ming 432.6 tonna urug‘lik paxta jamg‘arilgan.

Shuningdek, tumanda 1ta urug‘lik chigitni tayyorlash sexi mavjud bo‘lib, bugungi kunda rejadagi 905 tonna urug‘lik chigit saralash, dorilash va qadoqlash ishlari yakuniga yetib, qonunchilikda belgilangan talablarga mos ravishda sifatli saqlanmoqda.

Fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli urug‘lik chigit bilan taʼminlash maqsadida Agroinspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari va Inspeksiya qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan urug‘lik tayyorlovchi korxonaga malakali mutaxassis biriktirilgan.

Nazorat tadbirlari davomida sifatli urug‘lik chigit tayyorlash ishlarining qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinishi yuzasidan Agroinspeksiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xususan, urug‘lik chigitni saralash, saqlash sharoitlari doimiy nazorat qilinib, namlik darajasi aniqlashtirilishiga alohida eʼtibor qaratayotganiga ahamiyat berildi. Unga ko‘ra, urug‘lik saqlanayotgan omborxona harorati muntazam bir xil, moʻtadil holatda bo‘lishiga eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, 2024-yil hosili uchun ekilgan urug‘lik g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi ham Agroinspeksiyaning AMUDARYO tumani bo‘limi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Tumanda 588 gektar maydonda 2024-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirish bo‘yicha 22ta qishloq xo‘jaligi subyektlari tanlov g‘olibi bo‘lishgan. Hozirgi kunda ushbu maydonlarga go‘ng chiqarish, xandaq qazish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda tumandagi urug‘lik g‘alla yetishtirishga masʼul bo‘lgan “Sobir Yeshchan” fermer xo‘jaligi tomonidan 35 gektar urug‘lik g‘alla agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilinmoqda.

"O‘zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi

 

Text to speech