Andijon viloyatida 2024 yilda 71 ming 331 gektar maydonda g‘o‘za parvarishi o‘tkazilib, ushbu maydonlarda yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ishtirib olish uchun zarur bo‘lgan transport traktori va traktor tirkamalarini xatlovdan o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi.
Viloyatda bu yilgi paxta mavsumida qatnashadigan jami 1296 dona transport traktorlari va 1880 ta traktor tirkamalari mavjud bo‘lib, ushbu texnikalarni mavsumga tayyorgarligi belgilangan talablar asosida o‘rganilmoqda. Inspeksiyaga berilgan vakolatlar doirasida tumanda mavjud qishloq xo‘jalik texnikalari ko‘zdan kechirilganda, mavjud transport traktorlarning 1296 tasi (yoki 100 foizi), traktor tirkamalarining 1819 tasi (yoki 97 foizi) mavsumda qatnashish uchun shay holatga keltirilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, viloyatimizga Agrolizing tomonidan 11 ta yangi zamonaviy rusumdagi paxta terish mashinalari keltirilgan bo‘lib, ushbu texnikalar bu yilgi mavsum uchun ko‘zdan kechirilib, barcha turdagi servis xizmatlari bajarildi. Shuningdek, zamonaviy paxta terish mashinalari uchun mavsum davomida zarur bo‘ladigan birlamchi ehtiyot qismlar va moylash materiallari zaxiralarini yaratish maqsadida Inspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan klaster korxonasiga tegishli ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
«O‘zagroinspeksiya» tomonidan qishloq xo‘jalik texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun ajratilgan komplekt ko‘chma diagnostik asbob-anjomlar yordamida viloyat texnika nazorati mutaxassislari tomonidan joylarga chiqqan xolda taʼmirdan chiqarilgan texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatilib, paxta terish mavsumida qatnashadigan texnikalar soz holatga keltirilmoqda.
Amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan «O‘zagroinspeksiya»ga berilgan vakolatlardan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik texnikalarini paxta yig‘im terim mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taʼsir choralari ko‘rib borilmoqda.