Ру Ўз O`z En

Chorvachilikda naslchilik: Davlat dasturi ijrosi nazoratda

12 Iyun 2023 2169

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi “Ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 135-sonli qaroriga asosan, chorvachilik yo‘nalishdagi asosiy ustuvor vazifalar va ishlab chiqilgan dasturlarning ijrosini nazorat qilish "O‘zagroinspeksiya" zimmasiga yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, "O‘zagroinspeksiya" ning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan ushbu qaror ijrosi nazoratga olingan bo‘lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar doimiy ravishda tahlil etib borilmoqda.

2023-yil Davlat dasturiga ko‘ra, joriy yil viloyatda qoramolchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 813 mlrd. 716 mln. so‘mlik, qoramollar soni 13 ming 984 boshni tashkil etadigan, yillik quvvati 2 ming 125 tonna go‘sht va 57 ming 714 tonna sut ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 388 ta loyihalarni ishga tushirish orqali jami 3 ming 693 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Xuddi shunday, qo‘ychilik yo‘nalishida ham umumiy qiymati 10 mlrd. 160 mln. so‘mlik, yillik quvvati 254 tonna go‘sht va 6 ming 365 tonna jun ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 10 ta loyiha, parrandachilik yo‘nalishida umumiy qiymati 49 mlrd. 950 mln. so‘mlik, yillik quvvati 43 mln. 900 ming dona tuxum va 7 ming 731 tonna parranda go‘shti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 25 ta loyiha hamda baliqchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 18 mlrd. 690 mln. so‘mlik 29 ta loyihalarni ishga tushirish orqali jami 339 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tasdiqlangan dasturga asosan, 2023 yilda viloyatda paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari tomonidan jami 2 ming 900 bosh  sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarni boqishga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 93 mlrd. 947 mln so‘mlik 5 ta loyihani ishga tushirish orqali 90 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan.

Jumladan, Paxtachi tumanida bugungi kunda 151 ta chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, shundan, 41 ta qoramolchilik, 33 ta qo‘ychilik, 38 ta parrandachilik, 30 ta baliqchilik va 9 ta asalarichilik yo‘nalishidagi subyektlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Aholining chorva mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumandagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 ming 364 tonna go‘sht (tirik vaznda), 17 ming 137 tonna sut, 6 mln 345 ming dona tuxum ishlab chiqarilgan.

Tumanda chorvachilik sohasini yana-da rivojlantirish maqsadida 2023 yilda umumiy qiymati 89 mlrd 600 mln so‘mlik 17 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar qoramolchilik yo‘nalishida 2 ta hamda baliqchilik yo‘nalishida 1 ta loyiha ishga tushirilib, 12 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

U. Yaxshimuradov, "O‘zagroinspeksi " Samarqand viloyat boshqarma bosh mutaxassisi   

Text to speech