Ру Ўз O`z En

G‘o‘za maydonlaridagi agrotexnik tadbirlar sifatli o‘tkazilmoqdami?

13 Iyun 2024 1544

Bugungi kunda g‘o‘za agrotexnikasida barcha tadbirlar, jumladan qator oralariga ishlov berish, chuqur yumshatish, begona o‘tlardan tozalash, azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, suspenziya sepish, g‘o‘za zararkunandalari va hasharotlarga qarshi kurash ishlari tizim asosida tashkil etilmoqda.

Joriy yilda Samarqand viloyat hududlarida 2024-yil hosili uchun 73 ming 246 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.

Albatta, ushbu agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazilayotganligi natijasida  bugungi kunda g‘o‘za maydonlarining 21 ming 779 gektari 5-6 chinbarg hamda 51 ming 467 gektari shonalash fazasida rivojlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

 Shuningdek, g‘o‘za maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan birinchi oziqlantirish (200 kg/ga) bugungi kunda barcha hududlarda to‘liq yakunlandi.

 Shu bilan birga, g‘o‘za qator orasiga 3,1 marotaba ishlov berildi. 1 ming 496 dona kultivatorlar kultivatsiya ishlarida qatnashmoqda, har bir kultivator bilan  o‘rtacha 3,4 gektar maydonda kultivatsiya ishlari bajarilmoqda.

Viloyat tumanlari g‘o‘za maydonlarida 1-sug‘orish, chopiq qilish ishlari hamda chuqur yumshatgichlar bilan 133 ming 231 gektari g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari amalga oshirildi.

 Yuqorida ko‘rsatilgan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun 20 ming 972 nafar ishchilar jalb etildi.

 Jami 46 726 gektar g‘o‘za maydonlarida monitoring tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar davomida mingdan ortiq fermer xo‘jaligining 3 ming 504 gektar g‘o‘za maydonlarida kultivatsiya ishlarining sifatsiz va kech o‘tkazilganligi, mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilganligi, chopiq ishlarining muddatida bajarilmaganligi va maydonlar begona o‘tdan tozalanmaganligi singari bir qator xato-kamchiliklar aniqlandi.

Ushbu holatlardan kelib chiqib tuman inspektorlari tomonidan 742 ta ogohlantirish, 20 ta yozma ko‘rsatma va 11 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Sh. Butunov, Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi

Text to speech