Xorijiy ilg‘or mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini yaratishning yangi usullari, Turkiya va baʼzi mamlakatlarda gen o‘zgartirilgan GMO navlarni aniqlash, taqqoslash, urug‘larni sertifikatlashtirish, ko‘paytirish, ishlab chiqarish, saqlash texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan eng so‘ngi tadqiqotlar bilan ilmiy-amaliy tarzda tanishtirish maqsadida O‘zagroinspeksiya va Inspeksiya qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi xodimlaridan iborat 7 nafar Delegatsiya aʼzolari Turkiyaning Anqara shahrida tashkil etilgan VIII Xalqaro urug‘chilik kongressida ishtirok etmoqdalar.
Kongress “Turkiya Urug‘chilar uyushmasi”, “Antaliya universiteti qishloq xo‘jaligi fakulteti” hamda “Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi” hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Kongressda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Daniya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning ilmiy qo‘mitalari, akademiklar, urug‘chilik tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilaridan iborat jami 1100 dan ortiq nufuzli tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirdan jahon urug‘chilik savdosidagi so‘ngi o‘zgarishlar, qishloq xo‘jaligida urug‘larni sertifikatlashning muhim ahamiyati, suvsizlik
va qurg‘oqchilikka chidamli bug‘doy va arpa navlari urug‘liklari haqida nav mualliflarining maʼruzalari tinglanmoqda.