Ру Ўз O`z En

Xorazm: yog‘-moy ishlab chiqaruvchi korxonalarda bir qator qonunchilik talablari buzilganligi aniqlandi

10 May 2024 1114

Hukumatning 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga binoan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyaning nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, bunga ko‘ra Inspeksiya “mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qayta ishlovchi korxonalar tomonidan texnik chigitni to‘liq texnologik siklda (mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash) maqsadli qayta ishlanganligi va mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaning mavjudligi hamda texnik reglament va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligi taʼminlanganligi ustidan” nazorat yuritishi belgilab berilgan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, “O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan yog‘-moy korxonalari tegishli meʼyoriy-hujjatlarga asosan paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlayotganligi hamda mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaga ega ekanligi hamda 2021-yil 2-iyunidagi  PF-6240-sonli Farmoni 3-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan qayta ishlab olingan mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligi o‘rganildi.

Xususan, viloyatda faoliyat yuritayotgan “K. S.” MCHJ va “X. O. F. S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan paxta texnik chigiti mahsulotlari qonunchilik talablariga rioya qilinmasdan sotib olinib, texnik chigit mahsulotlari qayta ishlamasdan Prezidentning 2022-yil 24-noyabridagi PQ-430-son qarorining tegishli qismi talablarini qo‘pol ravishda buzib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida mazkur korxonalarda bir qator qonunbuzarliklar aniqlanib, belgilangan tartibda qonuniy qaror qabul qilish uchun to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasiga yuborildi.

Sohaga oid qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi xodimlar tomonidan muntazam nazoratga olingan, aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilishi taʼminlanmoqda.

Sh.Artikov, “O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi shoʻba boshlig‘i

Text to speech