Ру Ўз O`z En

Xorazm: joriy yil hosili uchun sifatli urug‘lik chigit tayyorlash nazoratda

18 Yanvar 2024 1795

Tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, urug‘lik paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish yuzasidan 2024-yil hosili uchun davlat standartlari talabiga javob beradigan sifatli urug‘lik chigit tayyorlash ishlarining borishi Inspeksiya tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Xususan, Viloyatda urug‘lik uchun qabul qilingan paxta xom ashyosi va uni saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 2023-yil paxta hosilidan Klaster korxonalari hamda Elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan jami 11 ming 840 tonna urug‘lik paxta jamg‘arilgan shundan, 11 ming 530.7 tonna klaster korxonalari tomonidan 309.4 tonnasi Elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan, shuningdek, 11 ming 840 tonna urug‘lik paxtaning 10 051 tonnasi asosiy va 1 ming 789 tonnasi zaxira fond sifatida qabul qilingan.

 Xorazm viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 2024-yil paxta hosili uchun urug‘lik chigitni tozalash, saralash ishlarini dekabr, yanvar oylarida amalga oshirish bo‘yicha viloyatidagi paxta to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 2024-yil paxta hosili uchun urug‘lik chigitni tuksizlantirish va dorilash ishlarini fevral oyigacha kunlik grafiklari to‘liq ishlab chiqilgan.

Viloyatda paxta-to‘qimachilik klasterlari va boshqa korxonalar tomonidan urug‘lik chigitni saralash, dorilash va qadoqlash sexlarida joriy yil hosili uchun tayyorlanishi rejalashtirilgan urug‘lik chigitlarga talab etiladigan zaxiralar to‘g‘risidagi maʼlumotga ko‘ra, viloyatning joriy yilda urug‘lik chigit dorilash rejasi 5 ming 847 tonna bo‘lib, dorilashda talab qilinadigan kimyoviy preparatlar, qoplar va yorliqlar zaxirasi to‘liq yaratilgan, talab etiladigan iplar, yog‘och tagliklar (paddon) va saqlash uchun omborlar to‘liq taʼmirlangan.

Shuningdek, viloyatda jami 7 ta urug‘lik chigit tayyorlash sexi mavjud bo‘lib, shundan, «Qobotex» MCHJga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexi, Xorazm paxta urug‘chiligi MCHJga qarashli Qo‘shko‘pir urug‘lik chigit tayyorlash sexi, «Urganch klaster» MCHJga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexi, «Gurlan Global teks» MCHJga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexi hamda Xonqa urug‘lik chigit tayyorlash sexlarida ishlar boshlab yuborilgan.

 Fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli urug‘lik chigit bilan taʼminlash maqsadida Inspeksiya qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi DMning Xorazm filiali tomonidan xar bir urug‘lik tayyorlovchi korxonalarga malakali mutaxassislar biriktirilgan.

Viloyatda urug‘lik paxtani tozalash-saralash, tuksizlantirish va dorilash ishlari “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.

Hozirgi kunda viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘lik tayyorlash sexlarida 3067 tonna urug‘lik paxtada tozalash-saralash ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan rejalashtirilgan 5 ming 847 tonna urug‘lik chigitning 1 ming 224 tonnasida dorilash qadoqlash ishlari ishlari amalga oshirilgan.

Nazorat tadbirlari davomida sifatli urug‘lik chigit tayyorlash ishlarining qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinishi yuzasidan paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘lik tayyorlash sexlari boshliqlariga tegishli ogohlantirish xatlari va yozma ko‘rsatmalar berilishishi taʼminlandi.

Kelgusi yil hosili uchun sifatli urug‘lik chigit tayyorlash Hukumat qarorlarida belgilangan talablar asosida tayyorlanishi va saqlanishi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlarining sohaviy xodimlari tomonidan tizimli ravishda nazoratga olingan bo‘lib, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli tartibda taʼsir choralari ko‘rib borilmoqda.

"O‘zagroinspeksiya"ning Xorazm viloyat boshqarmasi

Text to speech