Joriy yilda 119 ta tumanda 3187 ta subyektlar tomonidan 99 335 gektar maydonlarda urug‘lik paxta parvarish qilindi.
Urug‘lik paxta maydoni aprobatsiyasi — kelgusi yil hosili uchun zarur “poydevor” hisoblanadi. Shu sababli, Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Paxta urug‘chiligi yo‘nalishi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7-avgustdagi “Urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va tegishli tashkilotlar mutaxassislari, soha olimlaridan iborat ishchi guruhlari tomonidan hududlarda, sifatli va kafolatlangan urug‘lik paxta jamg‘arish yuzasidan doimiy ravishda urug‘chilik subyektlarida monitoringlar olib borildi.
Monitoring va aprobatsiya tadbirlari natijasida urug‘lik paxta parvarishida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan 10,5 ming gektar maydonlar urug‘chilikdan chiqarildi.
Joriy yilda yaroqli deb topilgan 88,8 ming gektar maydonlardan 139,7 ming tonna urug‘lik paxta, shundan 99,1 ming tonna “asosiy fond” uchun, 40,6 ming tonna “zaxira fond” uchun jamg‘arish rejalashtirilgan.
Jumladan, 21 ta ertapishar navlardan 107,5 ming tonna 3 ta o‘rtapishar navlardan 19,4 ming tonna, 6 ta ingichka tolali navlardan 5,3 ming tonna, shuningdek, istiqbolli va yangi navlardan 7,5 ming tashkil qiladi.
Kelgusi yil hosili uchun jamg‘ariladigan urug‘lik paxtadan 73,3 ming tonna urug‘lik chigit qayta ishlanadi. Shundan, 56,4 ming tonna ertapishar navlar, 10,3 ming tonna o‘rtapishar navlar, 2,7 ming tonna ingichka tolali navlar, 3,9 ming tonna istiqbolli va yangi navlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Hududlarda faoliyat olib borayotgan Agroklasterlar va urug‘lik paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklaridan aprobatsiya o‘tkazilishida amaliy yordam berilishini so‘rab yozgan 12 ta murojaatlarga o‘z vaqtida tegishli xulosalar berildi.
Shuningdek, Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan paxta qabul qilish maskanlarida urug‘lik paxta qabul qilish dislokatsiyalari ishlab chiqilganligi, urug‘lik qabul qilish omborlari va maydonchalari taʼmirlanganligi, laboratoriya jihozlari va o‘lchov vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazilganligini o‘rganib chiqilmoqda
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati