Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va sifatli mahsulot yetishtirishda asosiy drayveri urug‘chilik tarmog‘i hisoblanib konditsiyali urug‘lar yetishtirishda esa aprobatsiya ko‘rigi muhim o‘rin tutadi
Xususan, Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda 1 mln gektardan ortiqroq asosiy maydonlarga boshoqli don ekinlari ekilib, mazkur maydonlarni sifatli sara 265 ming tonna urug‘liklar talab etilib, sifati kafolatlangan urug‘liklar bilan taʼminlash barcha soha mutasaddilarga katta masʼuliyat yuklaydi.
Shu sababli respublikaning barcha soha olim va mutaxassislari tomonidan kelgusi yil hosili uchun genetik jihatdan navdorligi yuqori bo‘lgan urug‘liklar maydonlarni aniqlash maqsadida, darajasidagi tadbiri sifatida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish oldidan markazlashgan holda o‘quv-amaliy seminar tashkil etilishi va tegishli tushuntirish, tavsiyalar berish va tajriba almashish anʼana tusiga aylanib qolgan.
Xabaringiz bo‘lganidek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida Andijon viloyatidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida 2023-yil 12-may kuni “Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlarda urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigi”ni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Qishloq xo‘jaligi vaziri A. Voitov bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar va ushbu vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan to‘xtalgan bo‘lsa, olim va mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘rsida”gi Qonuni hamda hukumatning 2021 yil 12 oktyabrdagi “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomi talablari asosida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish va olingan namunalarni tahlil qilish jarayonlari tushuntirib o‘tildi.
Respublikada urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish uchun hududlarda 150 dan ortiq komissiyalar tuzilib mazkur komissiyalarga 500 ga yaqin tegishli tayyorlov, taʼminot tashkilotlari va ilmiy muassasalarning mutaxassislari jalb qilinib, ushbu komissiyalari tomonidan 20-25 ish kuni davomida 3200-3300 dan ortiq urug‘lik yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan urug‘chilik subyektlari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari va ilmiy muassasalarning urug‘lik uchun ajratilgan maydonlarida namunalar olinib tahlil qilinishi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi belgilandi.
Shu sababli joylarda tuzilgan aprobatsiya komissiyalari tomonidan respublikamizda kelgusi 2024-yil g‘alla hosili uchun serhosil, navdorlik sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga to‘liq javob beradigan urug‘lik don jamg‘arish maqsadida, Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarining jami 141 ta inspektorlari tomonidan yuqorida qayd etilgan Nizom talablari asosida aprobatsiyani ko‘rigini o‘tkazilishi, navga xos bo‘lmagan aralashmalari va begona o‘tlar mavjud maydonlarni urug‘likdan chiqarish va yaroqsiz deb topish bo‘yicha nazorat tadbirlari boshlab yuborildi.
Bundan tashqari, tumanlarga biriktirilgan inspektorlar tomonidan, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga asosan urug‘lik don qabul qiluvchi “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi 34 ta don korxonalar ularga qarashli 73 ta maskanlar va 65 ta urug‘lik sexlar, 51 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari klaster korxonalarning masʼul va javobgar shaxslari tomonidan joriy yilda urug‘lik materiallarini qabul qilish, joylashtirishda standartlar talabiga amal qilinishi hamda aprobatsiya komissiya aʼzolari aprobatsiya jarayonini Nizomda belgilangan talablar asosida o‘tkazish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berilishi taʼminlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda bugungi kunda, amalga oshirilayotgan bu tadbirlar natijasida 2024 yil g‘alla hosili uchun navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, serhosil g‘alla navlaridan urug‘lik don jamg‘arilishda Inspeksiyaning “Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarma”si hamda viloyat boshqarma, tuman hududiy bo‘limlari tomonidan tegishli choralar belgilanib, nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
M. Qurbanboyev, Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilishboshqarma boshlig‘i
Sh.Xayitov, Boshqarma bosh mutaxassisi