Ру Ўз O`z En

NAVOIY: SARA URUG‘LIK DON YETISHTIRILISHI NAZORATDA

15 Iyun 2023 2965

Yurtimiz bo‘ylab dalalarda pishib yetilgan donni o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in pallaga kirmoqda. Mavsum oldidan "O‘zagroinspeksiya"ning Navoiy viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan urug‘lik g‘alla maydonlarida sara urug‘ jamg‘arish maqsadida dala aprobatsiya ko‘riklari o‘tkazildi.

Maʼlumot uchun, viloyatda bugungi kunda 87 ta g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklarning 2 ming 760 gektar maydonida kelgusi yil hosili uchun urug‘lik g‘alla ekilib, parvarish qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining "Urug‘chilik to‘g‘risida"gi Qonuni hamda qonunosti hujjatlari asosida urug‘lik g‘alla maydonlarini ajralishi qiyin bo‘lgan madaniy va begona o‘tlardan va begona nav aralashmalaridan tozalanishi, talabga javob bermaydigan maydonlarning yaroqsizga chiqarilishi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va bo‘limlari tomonidan nazoratga olingan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining urug‘lik don olish uchun ekilgan dala maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida 2023-yil 20-apreldagi 75-sonli buyruq va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 25-apreldagi I-21-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyatda aprobatsiya ishchi guruhi tuzildi.

Bu borada ham xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini shaffoflik tartibda o‘tkazilishi yuzasidan barcha tuman aprobatorlari rasman ogohlantirildi.

Jumladan, viloyatda urug‘lik g‘allachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xo‘jaliklarga amaliy yordam berish maqsadida, joylarga borib, «Urug‘chilik to‘g‘risida» gi Qonuni, Hukumatning 2021-yil 12-oktyabrdagi 641-sonli qarori hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etish yuzasidan seminarlar tashkil etilib, profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Natijada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qonunbuzilishi holatlari kamaydi.

Aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazishdan maqsad, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik jihatidan tozaligi, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligi, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligi hamda ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlashdan iborat. Shu bois mazkur jarayonga jiddiy yondashilib, aprobatsiyani sifatli va samarali o‘tkazishga eʼtibor qaratildi.

Aprobatsiya ko‘rigi davomida urug‘lik don ekkan 87 nafar xo‘jalik rahbarlariga ogohlantirish xatlari berildi.

O‘tkazilgan aprobatsiya yakuniy natijasiga ko‘ra, jami 78 ta xo‘jaliklarning 2278 gektar yer maydoni yaroqli deb topilib, natijada 8 800 tonna sara urug‘lik don qabul qilinishi rejalashtirildi.

Ushbu yaroqli deb topilgan maydonlar tumanlar kesimida tahlil qilganda, Karmana tumanida 463 gektar, Qiziltepada 543 gektar, Navbahorda 426 gektar va Xatirchi tumanida esa bu ko‘rsatkich 846 gektarni tashkil etadi.

Shuningdek, 18 ta xo‘jaliklarning 210 gektar urug‘lik g‘alla uchun ekkan maydonlari agrotexnik tadbirlarni hamda begona nav va yovvoyi o‘tlardan tozalash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarmaganligi oqibatida yaroqsiz deb topildi.

A.Mirzoyev, "O‘zagroinspeksiya" Navoiy viloyat boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i 

Text to speech