“O‘zagroinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan 2025-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumida doimiy nazorat tadbirlari olib borildi.
Xususan, joriy yilda Respublikamiz bo‘ylab 875,6 ming gektar maydonga chigit ekilish ishlari amalga oshirildi.
Shundan, 181,2 ming gektar maydonga yuqori intensiv agrotexnologiyalar asosida xorijiy va mahalliy g‘o‘za navlari ekildi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan chigit ekish mavsumida 9 ming 669 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlari davomida 8 ming 736 nafar fermer xo‘jaliklarining 56 ming 221 gektar maydonlarida kamchiliklar aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan mahalliy hokimliklar hamda soha mas’ullariga 149 ta taqdimnomalar kiritilib, fermer xo‘jaliklariga 8 ming 505 ta ogohlantirish va 1015 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan hududlarda chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha ham doimiy tarzda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, bugungi kunda chigit ekilgan maydonlarning 630 ming gektari yoki 72 foizida chigit unib chiqqan bo‘lib, ushbu maydonlarning qator oralariga birinchi ishlov berish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 18 ming 617 dona kultivatorlar jalb qilinib, bugungacha 558 ming gektar yoki 64 foizi maydonlarda birinchi kultivatsiya ishlari amalga oshirildi.
Ayni kunlarda Respublika bo‘yicha 91 ming (10%) maydonda yaganalash, 190 ming yoki 22 foiz maydonda chopiq qilish, 191 ming gektar maydonda chuqur yumshatish ishlari o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, chigit ekilgan maydonlarda zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida 297 ming gektar maydonga “Oltinko‘z” va 243 ming gektar maydonga “Trixogramma” biomahsulotlari chiqarilganligi aniqlandi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi doimiy nazoratga olib boriladi.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi