Ру Ўз O`z En

SAMARQAND: DON SIFATI NAZORATDA

28 Iyun 2024 1321

Samarqand viloyatida g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan don qabul qiluvchi korxonalariga davlat ehtiyoji uchun 2024-yil hosilidan jami 228 ming tonna, jamg‘arma hisobiga 76 ming 150 tonna, vaqtincha saqlash(birja)ga 138 ming 600 tonna, urug‘lik donga 13 ming 250 tonna don topshirishi reja qilingan.

Bugungi kun holatiga jami 169 ming 613 tonna shundan jamg‘arma hisobiga 75 ming 884 tonna, vaqtincha (birja)ga 89 ming 445 tonna va urug‘lik donga 4 ming 284 tonna don qabul qilindi.

Don qabul qilish korxonalariga topshirish rejalashtirilgan bug‘doy doni, tayyorlash va yetkazib berishga bo‘lgan talablar davlat standarti asosida qabul qilinadi va ushbu meʼyoriy hujjatga asosan bug‘doy doni sifatiga ko‘ra 5 ta sinfga bo‘linadi. Don korxonalariga topshirilgan don uchun fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitob ishlari davlat standartida ko‘rsatilgan sinflar bo‘yicha olib boriladi.

O‘z navbatida yetishtirilayotgan donni davlat omborlariga qabul qilib olinishi, sifatli saqlanishi hamda donni qayta ishlashda don va don mahsulotlaridan oqilona foydalanishda “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlarining ham alohida o‘rni bor.

2024 yil hosilidan vaqtinchalik saqlash, davlat resursi va urug‘lik bug‘doylarni don qabul qilish maskanlariga qabul qilishda yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha inspeksiyaning viloyat va tuman bo‘limlari hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi Samarqand viloyati filiali xodimlaridan iborat ishchi guruhlari shakllantirilgan.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, don korxonalariga to‘liq biriktirilib, avtotransportlarda topshirilayotgan donlardan namunalar to‘g‘ri olinishi, o‘rtacha va sutkalik namunalar to‘g‘ri shakllantirilishi, donni sifati bo‘yicha tahlillar to‘g‘ri o‘tkazilishi, kitoblarga o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va namunalar to‘g‘ri saqlanishini qatʼiy nazoratga olingan.

Qabul qilingan don mahsulotlari sifati, saqlanishi, ularni joylashtirish tartibiga rioya qilinishi, ularning miqdori va sifati bo‘yicha hisobga olishning to‘g‘riligi, donlarning saqlashda tabiiy kamayish normalari qo‘llanishining asoslanganligi ustidan doimiy nazoratini amalga oshirish inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biridir.

 

R.Sobirov, “O‘zagroinspeksiya" Samarqand viloyat boshqarmasi

Text to speech