Ру Ўз O`z En

Dehqon xo‘jaliklari tomonidan bahorgi ekin ekish ishlari yakuniga yetkazilmoqda

24 Aprel 2024 1491

2022-2023 yillarda Respublika bo‘yicha 674 ming 865 nafar dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan jami 193 ming 159 gektar yer maydonlarida 2024 yil hosili uchun 2023-yilning kuz-qish va 2024-yil bahor oylarida ekilishi rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarining to‘liq ekilishi hamda ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi “O‘zagroinspeksiyaning markaziy apparati, viloyat boshqarmalari hamda ularning tuman bo‘limlari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

 Xususan, joriy yilda dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlarining 116,5 ming gektarida sabzavot, 20 ming gektar poliz, 23,1 ming gektar kartoshka, 18,6 ming gektar dukkakli ekinlar, 13,3 ming gektar moyli ekinlar, 1 ming gektar sholi va 409 gektar maydonlarda boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekib, jami 5,7 mln tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan Respublika bo‘yicha dehqon xo‘jaliklarida joriy yilning 24-aprel kuniga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilish holati o‘rganilganda, mavsum boshidan buyon respublika bo‘yicha dehqon xo‘jaliklarning 175 ming 120 gektar yoki rejaga nisbatan 90,7 foiz maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan, sabzavot 112 ming 744 gektar yoki rejaga nisbatan 96,7 foiz, poliz 16 ming 557 gektar yoki rejaga nisbatan 82,8 foiz, kartoshka 21 ming 757 gektar yoki rejaga nisbatan 94,1 foiz, dukkakli ekinlar 14 ming 675 gektar yoki rejaga nisbatan 75,8 foiz, moyli ekinlar 9 ming 546 gektar yoki rejaga nisbatan 71,3 foiz va boshqa ekinlar 363 gektar yoki rejaga nisbatan 88,8 foizni tashkil etadi.

Dehqon xo‘jaliklari tomonidan bahorgi ekin ekish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Respublikaning bir qator hududlarining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, poliz, dukkakli va moyli ekinlar hamda sabzavot ekinlarining ayrim turlarini ekish davom etmoqda.

Misol uchun, Dehqon xo‘jaliklari tomonidan 2024-yil bahor oylarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekish ishlarining tahlillariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida moyli ekinlari hamda Jizzax, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida dukkakli ekinlarni ekish ishlari biroz orqada qolmoqda.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan 2024 yil hosili uchun dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan jami 193 ming 158 gektar yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini turlari bo‘yicha optimal muddatlarda to‘liq ekilishi monitoring qilib borilmoqda.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech