Ру Ўз O`z En

Surxondaryo: 7 ming gektardan ortiq maydonda urug‘lik paxta yetishtirilmoqda

12 Avgust 2024 1007

Surxondaryo viloyati Angor tumani “Mustaqillikning 10 yilligi” hududidagi “Zamin Angor klaster” MCHJ ning urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiyasi ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminarga “O‘zagroinspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va ularning tuman bo‘limlari boshliqlari hamda sohaga aloqador bo‘lgan boshqa tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Surxondaryo viloyatida 2024-yil hosilidan urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tender tanlovidan o‘tgan 211 nafar subyektlarning 7 ming 684 gektar maydonida urug‘lik paxta yetishtirish uchun g‘o‘zaning yuqori avlodli navlari ekib parvarishlanib kelmoqda. Bugungi kunga qadar ushbu maydonlarda mutaxassislar tomonidan uch marotaba monitoring tadbirlari o‘tkazilib, 260 gektar maydon kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi, begona o‘t bosganligi, va boshqa sabablarga ko‘ra urug‘lik olish uchun yaroqsiz deb topildi.

Endigi vazifa urug‘lik paxta olinadigan maydonlarda kelgusi yil hosili uchun urug‘lik paxta olinadigan maydonlarni oqilona tanlab olishdir.

O‘quv seminarida 2024-yil paxta hosilidan viloyatning tuproq-iqlim sharoitiga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlaridan tanlab olish bo‘yicha barcha qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlarga, asosan viloyat va tumanlarda urug‘lik olinadigan maydonlarda aprobatsiyani o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan komissiya aʼzolariga tegishli topshiriqlar yetkazildi.

Aprobatsiya ko‘rigini nazorat qilib borish bo‘yicha "O‘zagroinspeksiya"ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlarida ham bir qator vazifalar belgilab olindi.

A.Raxmatov, “O‘zagroinspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i                       

Text to speech