Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan 2024-yil hosili uchun jamg‘arilgan urug‘lik paxta g‘aramlarini saqlanishi ustidan nazorat olib borilmoqda.
Xususan, 2023 yil hosilidan 9 ta paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan jami 7 ming 807 tonna, shundan 30 ta g‘aramlarda 7 ming 598 tonna va 5 ta omborlarda 209 tonna urug‘lik paxta xomashyosi nav va avlodlar bo‘yicha jamg‘arilgan.
Jumladan, paxta to‘qimachilik klasterlarida jamg‘arilgan urug‘lik paxta xomashyosining 7598 tonnasi fermer xo‘jaliklari va 209 tonnasi elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan asosiy fond uchun jamg‘arilgan.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasiga ko‘ra, jami g‘aramlar brezent yoping‘ichlar bilan yopilgan bo‘lib, ularda tunel qazish ishlari, qirqish va tarash tadbirlari amalga oshirilganligi aniqlandi
“Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sifatini baholash markazi” DM viloyat filiali tomonidan, har kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida, namuna tanlab olish hamda namuna olingandan so‘ng, mexanik shikastlanganligi, 1000 dona chigitning og‘irligi, pishganligi va unuvchanlik darajasini aniqlash uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining ekinboplik sifat ko‘rsatgichlarini sinovdan o‘tkazish va nav sofligini aniqlash bo‘yicha laboratoriyaga yuborish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, hududdagi 4 ta urug‘lik chigitni qayta dorilash, qadoqlash va saqlashga ixtisoslashgan sexlarni taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, joylarda paxta urug‘chilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mavsumni belgilangan muddatlarida sifatli yakunlash maqsadida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan g‘aramlarda saqlanayotgan urug‘lik paxta xom-ashyosi standart talablari asosida jamg‘arilishi bo‘yicha 9 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi hamda 7 ta ogohlantirishlar, 8 ta yozma ko‘rsatmalar berilib, 1 ta aniqlangan holat bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi