Mamlakatimiz aholisi sonining o‘sishi natijasida don mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu talabni qondirish va boshoqli don ekinlarida yuqori hosildorlikka erishish uchun sifatli urug‘lik don yetishtirish muhim ahamiyat kasb etadi
Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va sifatli mahsulot yetishtirishda urug‘chilik tarmog‘i asosiy drayveri hisoblansa, urug‘chilikda esa eng muhim va dolzarb jarayon bu - aprobatsiya ko‘rigini sifatli o‘tkazilishi demakdir.
Aprobatsiya bu – (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib Approbatio-tasdiqlash, ma’qullash ma’nosini anglatadi) o‘simliklarning genetik (nav) jihatdan sofligi, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligi, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun mo‘ljallangan urug‘liklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada o‘tkaziladigan tadbir.
Shu sababli joylarda urug‘lik g‘alla yetishtirish bo‘yicha mas’ul mutaxassislar tomonidan kelgusi yil g‘alla hosili uchun serhosil, navdorlik sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga to‘liq javob beradigan urug‘lik don jamg‘arish maqsadida, urug‘lik g‘alla maydonlarda aprobatsiya ko‘rigiga tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.
Toshkent viloyatida 2025-yil hosilidan 159 ta fermer xo‘jaliklari, elita urug‘lik xo‘jaliklari, ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan 8001 gektar urug‘lik g‘alla maydonlarda boshoqli don ekinlarning 17 ta navidan jami 5700 tonna sifatli sara urug‘lik don tayyorlash belgilangan.
Shundan “ko‘paytirish ko‘chatzori” 1018 gektar, “original” avlodidan 6172 gektar, “elita” avlodidan 751 gektar maydon urug‘lik g‘alla parvarishlanmoqda.
Aytish joizki Inspeksiyaning hududiy boshqarmasi va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazilishiga qat’iy amal qilish, navga xos bo‘lmagan aralashmalari va begona o‘tlar mavjud maydonlarni urug‘likdan chiqarish va yaroqsiz, deb topish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga asosan urug‘lik don qabul qiluvchi urug‘lik sexlarining mas’ul va javobgar shaxslari tomonidan joriy yilda urug‘lik materiallarini qabul qilish, joylashtirishda standartlar talabiga amal qilinishi hamda aprobatsiya komissiya a’zolari aprobatsiya jarayonini belgilangan talabalar asosida o‘tkazish bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar ko‘rilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyatda bugungi kunda, amalga oshirilayotgan bu tadbirlar natijasida 2026-yil g‘alla hosili uchun navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, serhosil g‘alla navlaridan urug‘lik don jamg‘arilishda Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi, tuman bo‘limlari tomonidan tegishli choralar belgilanib, nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘ba bosh mutaxassisi
Sh.USUBALIYEV