Ру Ўз O`z En

2024-yil paxta hosilining navi, sinfi va sifati to‘g‘ri tahlil qilinishi va nizoli holatlarni hal etish «O‘zagroinspeksiya» nazoratida 

26 Sentyabr 2024 548

Joriy yil respublika bo‘yicha 136 ta paxta yetishtiruvchi tumanlarda tashkil etilgan 140 ta paxta to‘qimachilik klasterlari va 30 ming 704 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xom-ashyosi yetishtirildi.

Bugungi kunda barcha viloyatlar va tumanlarda paxta terimi qizg‘in pallaga kirgan.

Joriy yilda qabul qilinadigan paxtani navi, sinfi va sifati bo‘yicha yuzaga keladigan nizoli holatlarni joyida tezkor hal etish maqsadida «O‘zagroinspeksiya»ning 2024 yil 29 avgust kunida UM-50-24-sonli buyrug‘i qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Buyruq bilan Inspeksiyaning markaziy apparatida Respublika ishchi guruhi tashkil etilgan, paxta hosilini qabul qiladigan 394 ta paxta qabul qilish maskanlariga «O‘zagroinspeksiya»ning malakali mutaxassislari biriktirildi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning har birida 3 tadan jami 39 ta mobil Arbitraj guruhlari tashkil etilib joylarda faoliyat yuritmoqda.

Mobil Arbitraj guruhlari paxta topshiruvchi va paxta qabul qilish maskanlari o‘rtasida paxtaning navi, sinfi va sifati bo‘yicha kelib chiqadigan nizoli holatlarni joyida hal etib bormoqda.

Bugungi kunda jami 164 ta nizoli holatlar Inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqildi va 112 tasi (68,3 foiz) fermer xo‘jaliklar foydasiga hamda 52 tasi (31,7 foiz) korxonalar foydasiga hal etilib paxta xom-ashyosining yuqori sinflarga qabul qilishga erishildi.

Paxtaning navi, sinfi va sifati to‘g‘ri tahlil qilinishi, paxta topshiruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida yuzaga keladigan nizoli holatlarni tezkorlik bilan joyida hal etilishi «O‘zagroinspeksiya» tomonidan kunlik nazoratga olingan.

 

K.Axmedov, "O‘zagroinspeksiya" boshqarma boshlig‘i     

Text to speech