Ру Ўз O`z En

G‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning sifatli o‘tkazilishi Inspeksiya nazoratida.

6 Mart 2025 117

Navoiy viloyatida joriy yil g‘alla hosili uchun 34300 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda.

Bugungi kunda Inspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan viloyatda parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida g‘alla maydonlarini mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirilishiga, sug‘orish, begona o‘tlar hamda kasallik va zararkunanda qarshi kurashish ishlarini sifatli amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mavsum davomida viloyat hududlarida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari davomida 1489 ta fermer xo‘jaliklarining 11505 gektar g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi.

Xususan, 587 ta fermer xo‘jaliklarining 1814 gektar g‘alla maydoni siyrakligi, 303 ta fermer xo‘jaliklarining 2443 gektar g‘allasi rivojdan orqada qolganligi, 42 ta fermer xo‘jaliklarining 286 gektari azotli mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilganligi, 135 ta fermer xo‘jaliklarining 1554 gektar g‘alla maydonlari sug‘orish ishlari sifatsiz o‘tkazilgani aniqlangan.

Ushbu kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimliklariga 11 ta taqdimnoma, sohaning tegishli mutasaddi va korxona rahbarlariga bajarilish majburiy bo‘lgan 124 ta yozma ko‘rsatma, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga 447 ta ogohlantiruv xatlari berildi.

Boshqarma boshlig‘i     S.Xudoynazarov

Text to speech