Ру Ўз O`z En

Sohada rahbar va xodimlar malakasi oshirib borilmoqda

6 Iyun 2023 2296

O‘zbekiston Respublikasi“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuning 12-moddasiga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart ekanligi belgilangan.

Shunga ko‘ra, mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha “Agroinspeksiya”da faoliyat olib borayotgan xodimlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasida vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida faoliyat yuritayotgan tarkibiy bo‘linmalar rahbar kadrlari uchun 2023 yilning may oyidan boshlab tashkil etilgan bir haftalik maxsus malaka oshirish kurslarida ishtrok etdilar.

Ushbu o‘quv kurslarida tinglovchilarga nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unlashgan holda o‘rgatilib, ularning davlat organi vakolatlarini lozim darajada amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalari rivojlantirildi.  

Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan Inspeksiyaning 10 ga yaqin boshqarma va bo‘lim boshliqlariga o‘quv kursi yakuni bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Huddi shuningdek Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashabbusi bilan Davlat boshqaruvi akademiyasida joriy yilning 15-16 may kunlari Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha vazirlik va idoralarning markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan 800 dan ortiq kadrlar bilan ishlash tuzilmalari rahbarlari uchun 18 soatlik o‘quv kursi tashkil etilib, ushbu o‘quv kursida Inspeksiyaning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi ishtroki taʼminlandi.

Maqsad – maʼmuriy islohotlar jarayonida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining kuchga kirishi bilan mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga oid huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

Text to speech