2025-yil hosili uchun ekilgan urug‘lik g‘alla maydonlarida belgilangan tartibda agrotexnik tadbirlarni sifatli qilib o‘tkazilganligi hamda urug‘lik g‘alla maydonlarining bugungi kundagi holati Inspeksiyaning urug‘chilik yo‘nalishidagi vertikal tizimi mutaxassislari va “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” xodimlari hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, urug‘lik maydonlarda 1-monitoring tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 2 ming 913 ta subyektlar tomonidan jami 79 ming 755 gektar maydonlarda ekilgan urug‘lik g‘alla to‘liq unib chiqqan bo‘lib, bugungi kunda tuplash fazasida rivojlanmoqda.
Ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining bergan tavsiyalariga asosan tuproq iqlim sharoitini hisobga olgan urug‘lik g‘alla maydonlarida fevral oyida gektariga 200 kg dan (fizik holda) azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish kerakligi belgilangan bo‘lib, bugungi kun holatida 58 ming 611 gektar maydonlarda yoki 73,3 foizida oziqlantirish ishlari bajarilgan.
Bugungi kunda, urug‘lik g‘alla maydonlarida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida to‘liq yakunlangan.
Shuningdek, azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan urug‘lik g‘alla maydonlarining 55 foizida peshma-pesh sug‘orish ishlari amalga oshirilganligi maʼlum bo‘ldi.
Hududlarda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan 1-monitoring tadbiri davomida 25 ta subyektlarning 367 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari talab darajasida agrotexnik tadbirlar bajarilmaganligi hamda to‘liq unib chiqmaganligi va eng Asosiysi avlodi past bo‘lgan urug‘liklar ekib yuborilganligi uchun urug‘lik yetishtiruvchilar tarkibidan chiqarildi.
Hududlardagi urug‘chilik sohasi mutaxassislari tomonidan mavsum davomida urug‘lik g‘alla maydonlarida o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar va monitoring ishlari doimiy nazoratga olingan hamda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilangan.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi