Ру Ўз O`z En

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan 10 ta modulni o‘z ichiga olgan “Uzagroin.uz” yagona axborot tizimi ishlab chiqildi

28 Mart 2024 1697

Bu haqda AOKAda "O‘zagroinspeksiya" rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hisobot davrida Inspeksiyaning ishonch raqami va boshqa tarmoqlar orqali 973 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, Inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilgan murojaatlar soni 748 tani tashkil etmoqda, shundan 251 tasi Inspeksiya tomonidan qanoatlantirilgan, 487 tasiga tushuntirish berilgan. shundan 172 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan

Shuningdek, sohaga oid muammolarni joyiga chiqqan holda muloqot qilish orqali o‘rganish hamda ularni hal etish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabul va uchrashuvlarda 40 ming 230 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning muammolari vakolat doirasida yechim topgan.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida Raqamlashtirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 10 ta modulni o‘z ichiga olgan “Uzagroin.uz” yagona axborot tizimi ishlab chiqildi Bunda qog‘oz shaklidagi hisobotlarga chek qo‘yilib, faoliyat bo‘yicha axborotlarni elektron tarzda olish joriy etildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga “O‘zagroinspeksiya” tomonidan ko‘rsatiladigan 6 turdagi davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish imkoni yaratildi. Hozirda axborot tizimi 14 ta vazirlik idoralar axborot tizimiga integratsiya qilinib, texnikalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarga va boshqa so‘rovlarga elektron javoblar berilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida yuqorida ham qisqacha axborot berib ketildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi faoliyatini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish, ortiqcha ovoragarchiliklar va korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida, “agrosert.uz” domeni ostida onlayn platforma ishga tushirilishi rejalashtirilgan.. 

Ushbu tizim orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar hamda paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlarni onlayn ravishda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. 

O‘zagroinspeksiya” nafaqat Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishini nazorat qiladi, balki, urug‘larni akkreditatsiya doirasiga muvofiq sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chatlarning sifatini aniqlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

Qolaversa, “O‘zagroinspeksiya” o‘z oldiga Respublikamizga chetdan kirib keladigan urug‘liklarning tarkibida geni o‘zgartirilgan organizmlar (GMO)ning mavjudligini o‘rganib borishdek muhim vazifani ham belgilab olgan. 

Hozirgi kunda, “O‘zagroinspeksiya” qoshida zamonaviy shart-sharoitlarga ega laboratoriya tashkil etilib, uni xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirib, akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida, Jahon banki tomonidan ajratilgan 6 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobiga zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov qurilmalari xarid qilindi va to‘liq jihozlash ishlari amalga oshirildi.

O‘zagroinspeksiya” tashabbusiga ko‘ra, urug‘chilik sohasida rivojlangan bir qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilib, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston Xalqaro urug‘larni sinash assotsiatsiyasi – (ISTA)ga uyushma aʼzoligiga qabul qilingan hamda laboratoriyani xalqaro ISTA qoidalari bo‘yicha akkreditatsiyaga tayyorlanmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari va aholini huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha 4 mingdan ortiq targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 mingga yaqini ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etadi. 27 marotaba hududiy boshqarmalarda Press-tur, 8 marotaba markaziy apparat tomonidan brifing va Matbuot anjumani tashkil etildi. Jumladan 2023 yil davomida Inspeksiyaning rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali 735 marotaba maʼlumotlar berilgan bo‘lsa, boshqa internet nashrlarida 1600 ga yaqin maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Teleko‘rsatuv, radioeshittirish va milliy nashrlar orqali 400 dan ortiq media mahsulot va maqolalar jamoatchilikka yetkazildi

Text to speech