Ру Ўз O`z En

 Xorazm : 2023-yil mavsumidan 87,9 ming tonna don qabul qilinishi nazorat qilib borildi

1 Avgust 2023 2572

Xorazm viloyatida 2023-yil g‘alla mavsumi davomida “O‘zdonmahsulotAK tizimiga qiruvchi 4 ta don korxonalari (Xorazmdonmahsulotlari, Bog‘otdonmahsulotlari, Xonqadonmahsulotlari, Shovotdonmahsulotlari) va ularga qarashli don qabul qilish shaxobchalarda tumanlarda yetishtirilgan tovar don qabul qilish belgilanib, mavsumni uzluksiz, qisqa fursatlarda yakunlash maqsadida dislokatsiyalar ishlab chiqildi.

Viloyatda mavjud don korxonalari va shoxobchalariga 2023-yil g‘alla hosilidan jami 77 ming tonna tovar don qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, shundan 43 ming tonnasi jamg‘arma hisobiga, 34 ming tonna vaqtinchalik saqlashga qabul qilinishi rejalashtirildi.

2023-yil g‘alla qabul qilish mavsumida jamg‘arma hisobiga

45 ming 423 tonna yoki rejaga nisbatan 105,6% ga,  vaqtinchalik saqlashga esa

42 ming 477 tonna yoki rejaga nisbatan 124,9% ga, jami 87 ming 900 tonna tovar don rejaga nisbatan 114,2% ga bajarildi.

O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan har bir don korxonasi va don qabul qilish shoxobchalariga biriktirilgan xodimlar g‘alla qabul qilish mavsumida qabul qiluvchi va don topshiruvchilar o‘rtasidagi nizoli masalalarni joyida bartaraf etib bordi. Don korxonalari va don qabul qilish shoxobchalaridagi laboratoriyalarga biriktirilgan xodimlar tomonidan namunalarni to‘g‘ri olinishini, olingan namunalarni meʼyoriy hujjatlar bo‘yicha shakllantirilishini xamda namunalarni to‘g‘ri tahlil qilinishini doimiy nazorat qilib bordi va viloyatda 2023-yil hosilidan qabul qilingan 87 ming 900 tonna bug‘doy doni to‘liq 3-sinfga qabul qilinishiga erishildi.

Bugungi kunda qabul qilingan donning 16 ming 300 tonnasi ochiq maydonlarda, 22 ming 317 tonnasi ochiq ayvonlarda, 35 ming 542 tonnasi yopiq sig‘imli omborlarda va 13 ming 741 tonnasi don saqlash elevatorida saqlanmoqda.

Qabul qilingan donning tabiiy kamayishdagi yo‘qotishlarining oshib ketishini va sifati buzilishini oldini olish maqsadida g‘alla qabul qilish mavsumida “O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi viloyat filialining malakali mutaxassislari viloyatdagi don korxonalariga biriktirilib, qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida Inspeksiya tomonidan har bir don qabul qiluvchi korxonalarga bajarilishi majburiy xarakterga ega bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilishi taʼminlandi.

Hozirda don qabul qilish korxonalariga qabul qilingan donni sifatli saqlash va yopiq sig‘imli omborlarga o‘tkazish yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

H.Jumaniyazov-O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi

    

Text to speech