Ру Ўз O`z En

G‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar bajarilishi inspeksiya nazoratida.

19 Mart 2025 276

  Samarqand viloyatida 2025-yil hosili uchun 94 ming 230 gektar maydonlarda g‘alla parvarish qilinmoqda.

Viloyatda azotli mineral o‘g‘itlar bilan birinchi bahorgi oziqlantirish to‘liq yakuniga yetkazilib, ikkinchi bahorgi oziqlantirish ishlari 16 ming 447 gektarni yoki 17,5 foiz, sug‘orish  ishlari 49 ming 542 gektar yoki 52,6 foiz maydonlarda amalga oshirildi.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan  nazorat tadbirlari o‘tkazib, nazorat tadbirlari davomida 4 ming 502 ta fermer xo‘jaliklarining 10 ming 661 gektar maydonlarida g‘alla ekish ishlarida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 

Xususan,  383 ta fermer xo‘jaligida 790 gektar siyrak unib chiqqan, 303 ta fermer xo‘jaligida 539 gektar sarg‘aygan va rivojdan orqada qolgan, 491 ta fermer xo‘jaligida 819 gektar azotli mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilgan, 189 ta fermer xo‘jaligida 316 gektar begona o‘tdan tozalanmagan, 1 ming 34 ta fermer xo‘jaligida 2 ming 274 gektar sug‘orish ishlari sifatsiz o‘tkazilgan, 2 ming 102 ta fermer xo‘jaligida 5 ming 923 gektar mahalliy o‘g‘it chiqarmagan holatlar aniqlandi.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga 13 ta taqdimnoma hamda fermer xo‘jaliklariga 1 ming 716 ta ogohlantirish xatlari berildi.

Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bosh mutaxassisi   Sh.Butunov

Text to speech