Ру Ўз O`z En

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONINING IJROSI TAʼMINLANMOQDA

24 Mart 2025 276

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yana-da takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 22.10.2024 -yildagi PF-164-son Farmonining 2-bandida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

Mazkur vazifa ijrosi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (O‘zbekkosmos) tomonidan - Qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan foydalanishning joriy holati (boshqa maqsadlarda), ekinlarning turlari (asosan paxta, bug‘doy, shuningdek, sunʼiy intellekt imkoniyatlariga ko‘ra boshqa ekin turlari) hamda haqiqatda ekilgan ekin maydonlarini, shuningdek yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash bo‘yicha davlat kosmik monitoringini amalga oshirish “Spase Land Monitoring” platformasi bilan «O‘zagroinspeksiya»ning «Uzagroin.uz» elektron tizimi bilan integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlik ishlari olib borilishiga kelishib olindi.

 «O‘zbekkosmos» agentligi masʼul mutaxassislari tomonidan davlat kosmik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha “Spase Land Monitoring” platformasining texnik imkoniyatlarining taqdimoti o‘rganib chiqildi. Tizimni yana-da takomillashtirish bo‘yicha ko‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

 Integratsiya qilish natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, yer qonunbuzarlik holatlarini tezkor aniqlash, bartaraf etilishi hamda profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishiga erishiladi.

Text to speech