Bugungi kunda Inspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan viloyatda parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida g‘alla maydonlarini mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirilishiga, sug‘orish, begona o‘tlar hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini sifatli amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mavsum davomida viloyat hududlarida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari davomida 2 ming 363 ta fermer xo‘jaliklarining 8 ming 986 gektar g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi.
Xususan, 510 ta fermer xo‘jaliklarining 1 ming 482 gektar g‘alla maydoni siyrakligi, 202 ta fermer xo‘jaliklarining 603 gektar g‘alla rivojdan orqada qolganligi, 209 ta fermer xo‘jaliklarining 545 gektari azotli mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilganligi, 367 ta fermer xo‘jaliklarining 1 ming 69 gektar g‘alla maydonlarida sug‘orish ishlari sifatsiz o‘tkazilgani aniqlangan.
Ushbu kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimliklariga 14 ta taqdimnoma, sohaning tegishli mutasaddi va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga 1 ming 566 ta ogohlantiruv xatlari berildi.