Ру Ўз O`z En

Joriy yilda Toshkent viloyatida 14 ming gektardan ortiq maydonga kartoshka ekiladi

12 Mart 2024 1276

Dunyoning 156 mamlakatida yiliga 376,9 million tonnadan ortiq kartoshka ishlab chiqariladi. O‘zbekiston ushbu mamlakatlar orasida 23-o‘rinni egallaydi. Eng yirik ishlab chiqaruvchilar Xitoy, Hindiston, Rossiya, Ukraina, AQSH, Germaniya, Bangladesh, Polsha, Fransiya va Gollandiya hisoblanadi.

Aholining kartoshkaga bo‘lgan talabini qondirish va ichki bozorlardagi narx-navolar barqarorligini saqlash maqsadida fermer, dehqon va tadbirkorlarga asosiy va bog‘-tok qator oralariga kartoshka ekishda ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Ular yuqori hosilli urug‘liklar bilan taʼminlanmoqda.

Toshkent viloyatida isteʼmol va urug‘lik kartoshka yetishtirishni oshirish, kartoshkachilik sohasida klaster va kooperatsiya mexanizmlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan yana-da qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kartoshkaga bo‘lgan ichki bozor talabini to‘liq qondirish maqsadida Prezidentning 2020-yil 6 maydagi PQ-4704-son qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan Toshkent viloyatida 9 ta tuman kartoshka yetishtirishga, shundan 4 ta tumanni urug‘lik kartoshkaga ixtisoslashtirish belgilab olingan.

Shuningdek, viloyatda Hukumatning 193-sonli qarori bilan tashkil etilgan “Agrover” agrosanoat kartoshkachilik klasteri -kartoshka ishlab chiqarishning urug‘chiligidan tortib, chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan butun jarayonini qamrab olgan. Klaster ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, yer-suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish uchun zamonaviy texnologiyalar va uskunalardan foydalanadi.

“Agrover” agrosanoat kartoshkachilik klasteri tomonidan 420 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish va mexanizatsiyalashtirish tizimini joriy etildi.

Kartoshkaning yangi hosildor navlarini yaratish, dehqonlarni sifatli urug‘lik bilan taʼminlash yo‘lidagi izchil izlanishlar o‘z samarasini bermoqda.

Bunda klaster tarkibiga kiritilgan Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi tomonidan yaxlit plantatsiya maydonlarida urug‘lik kartoshka yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” tomonidan xorijdan "Fontane", "Alyaska", "Arizona", "Aluetta", "Belorossa", "Silvana", "Sante", "Sunita", "Evolyushin", “Esmi”, "Arnova", "Manitu" kabi 14 ta navlar urug‘lari keltirilib, mahalliylashtirilmoqda.

Ushbu urug‘lik kartoshkaning ekishdan boshlab to yig‘ishtirib olgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan muntazam nazoratga olingan.

Joriy yilda Toshkent viloyatida 14 800 gektar maydonga kartoshka yetishtirish rejalashtirilgan.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan kartoshka ekiladigan maydonlarga muvfiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan urug‘lik kartoshkaning viloyatimiz hududiga kirib kelishi va reyalizatsiya qilinishiga barham berish bo‘yicha kartoshka yetishtiruvchi tuman hokimliklari, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga ogohlantirish xatlari berilib, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan kartoshka ekishning salbiy oqibatlari tushuntirib borilmoqda.

Sh.Usubaliyev, "O‘zagroinspeksiya"ning Toshkent viloyat boshqarmasi bosh inspektori

Text to speech